OIV PROFILAKTIKASI SOHASIDA STIGMANI KAMAYTIRISH
Barchamiz tushunamizki, bugungi kunda OIV faqat tibbiy masala emas. Bu, avvalo, jamiyatning munosabati, xabardorlik darajasi, shuningdek har bir insonning huquqlari va qadr-qimmatiga rioya etilishi masalasidir.
Stigma bilan kurashish nafaqat xabardorlik, balki qadriyatlar, inson huquqlariga hurmat va ijtimoiy adolat masalasidir.
Stigma xizmatlardan foydalanish va munosib hayot kechirish yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar jamiyat munosabatini o‘zgartirishga, insonlar huquqlarini mustahkamlashga hamda qo‘llab-quvvatlash me’yoriy holga aylanadigan muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
- Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun talabalar orasida OIV bilan yashayotgan shaxslarga nisbatan stigma va diskriminatsiyani kamaytirishga qaratilgan o‘quv moduli ishlab chiqildi;
- Ayollar va yoshlarni, xususan OIV bilan yashayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan, shuningdek turli xizmatlar va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan yanada do‘stona hamda qo‘llab-quvvatlovchi yondashuvlarni joriy etish yuzasidan Xotin-qizlar va bolalar ishlari qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi;
- OIV bilan yashayotgan 136 nafar ayol va yoshlar uchun individual psixologik konsultatsiyalar, shuningdek diskriminatsiya, xizmatlardan foydalanish va huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha 26 ta yuridik konsultatsiya taqdim etildi.
Loyiha OIV bilan yashayotgan ayollar va qizlarga nisbatan stigma va diskriminatsiyani kamaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
U nafaqat amaliy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatishga xizmat qildi, balki ochiq muloqot, ta’lim va hamkorlikni rivojlantirish orqali uzoq muddatli o‘zgarishlar uchun asos yaratdi.
Loyiha stigma va diskriminatsiyani kamaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.U nafaqat insonlarga qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish imkonini berdi, balki muloqot, ta’lim va hamkorlik orqali uzoq muddatli o‘zgarishlar uchun asos yaratdi.
Loyihani amalga oshirish hududlari
Loyiha amaliy yordam va tizimli o‘zgarishlarni uyg‘unlashtirgan holda amaliyotga tatbiq etildi.
Muloqot va hamkorlik- davlat tashkilotlari va asosiy hamkorlar o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazildi;
- stigma va diskriminatsiyani kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
- barqaror hamkorlik uchun asoslar yaratildi.
Ta’lim va rivojlanish- Davlat organlari vakillari ishtirokida ishchi guruh shakllantirildi.
- Stigma va kamsitishni kamaytirishga qaratilgan o‘quv moduli ishlab chiqildi.
- O‘quv materiallarini ta’lim muhitiga integratsiya qilish jarayoni boshlandi.
Qo‘llab-quvvatlash- OIV bilan yashayotgan ayollar va yoshlar uchun individual psixologik konsultatsiyalar taqdim etildi.
- Diskriminatsiya, xizmatlardan foydalanish va huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha yuridik konsultatsiyalar taqdim etildi.
- Davlat xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlik kuchaytirildi.
- Muloqot va hamkorlik
- Davlat tashkilotlari va asosiy hamkorlar o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazildi;
- Stigma va diskriminatsiyani kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
- Barqaror hamkorlik uchun asoslar yaratildi.
Davlat tashkilotlari vakillari
Qo‘llab-quvvatlash, muloqot va huquqlarga teng kirish imkoniyatini ta’minlash.
OIV bilan yashovchi ayollar va yoshlar o‘rtasida stigma va diskriminatsiya darajasini kamaytirishga qaratilgan loyiha 2025 yil avgustidan 2026 yil apreligacha amalga oshirildi.
Loyiha davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, o’quv ishlari va muloqotni rivojlanishga xizmat qildoi.
Loyiha AFEW International xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirildi.
OIV bilan yashayotgan ayollarga nisbatan stigma va diskriminatsiyani kamaytirish.