Loyiha kompleks yondashuv asosida tashkil etilgan bo‘lib, u kasallikni aniqlashdan tortib to‘liq sog‘ayishgacha bo‘lgan barcha asosiy bosqichlarni qamrab oladi.
Aniqlash va skrining
Faoliyat aholi hamjamiyatlari darajasida – shaxslar xavf omillari bilan bevosita to‘qnash keladigan joylarda amalga oshiriladi.
- Sil xavflarini xaritalash amalga oshiriladi
- Xonadonlar darajasida muntazam skrining tashkil etiladi
- Ijtimoiy va outreach xodimlar jalb etiladi
- Ko‘p tarmoqli (shifokor, psixolog, ijtimoiy xodim) jamoalar shakllantiriladi
- Olis hududlarni ham qamrab olgan holda mobil skrining kampaniyalari o‘tkaziladi.
Davolash va kuzatib borish
Muhim jihat shundaki, kasallikni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, bemorning davolanish kursini to‘liq yakunlashiga ko‘maklashishdan iborat.
Psixo-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatiladi;
Bemorlar davolanishning barcha bosqichlarida kuzatib boriladi;
Terapiyani to‘xtatib qo‘yish xavflarini kamaytirishga ko‘maklashiladi.
Profilaktika
Profilaktika – kasallik tarqalishini kamaytirishning asosiy omili hisoblanadi.
Himoya choralari va profilaktika usullari to‘g‘risida axborot beriladi;
Kontaktda bo‘lgan shaxslar bilan ish olib boriladi;
Profilaktik davolanishdan o‘tishga ko‘maklashiladi;
Aholi hamjamiyatlarida xabardorlik darajasi оширилади.
Innovatsiyalar
Biz zamonaviy yechimlarni joriy etamiz:
Bemorlarni monitoring qilish va boshqarish uchun raqamli platformalar;
Ish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi vositalar.
Barqarorlik
Loyiha faqat joriy natijalarga emas, balki uzoq muddatli o‘zgarishlarga ham qaratilgan:
Mutaxassislar va hamjamiyat vakillarini o‘qitamiz;
Tibbiyot muassasalari va NNTlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiramiz;
Ma’lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish tizimlarini rivojlantiramiz.